Maple Bear Canadian School xalqaro maktabi endi O‘zbekistonda

Xalqaro ta’lim muvaffaqiyatli kelajak garovidir. 28 avgust kuni Toshkentda Maple Bear Canadian School xalqaro ta’lim loyihasi eshiklari ochildi.

Maktab va bog‘cha o‘quvchilari ota-onalari bilan birgalikda xorijlik o‘qituvchilar, o‘quv dasturlari va Maple Bear taklif qilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodda dunyoni o‘rganishga mehr, bilimga chanqoqlikni shakllantirish maqsadida texnologik taraqqiyotning eng so‘nggi talablari asosida jihozlangan va barcha xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy binolar barpo etildi.

Maple Bear Kanada maktabida bolalarda erta yoshdan boshlab tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish maqsadida aniq fanlar va STEM fanlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport, musiqa va san’at darslari dasturga kiritilgan.