Toshkentda 3,6 magnitudali zilzila yuz berdi

Zilzila epitsentri Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmik prognoz monitoringi markazining xabar berishicha, 9-sentabr kuni soat 05:45 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila epimarkazi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lgan.
Kattaligi M=3,6. Chuqurligi 10 km. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa shimoli-sharqiy yo‘nalishda 5 km.
O‘zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: 2 ball, 2 km;
Mirobod tumani: 2 ball, 5 km;
Shayxontoxur tumani: 2 ball, 6 km;
Yashnobod tumani: 2 ball, 6 km;
Olmazor tumani: 2 ball, 7 km;
Yakkasaroy tumani: 2 ball, 7 km;
Chilonzor tumani: 2 ball, 9 km.