Shartnoma summasining kamida to‘rtdan bir qismi 15 sentyabrgacha to‘lanishi kerak.
Mamlakatda 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab talabalar o‘qishlari uchun to‘lov-kontraktni to‘rt qismga bo‘lishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Xususan, shartnoma summasining kamida 25 foizi 2024-yil 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda to‘lanishi lozim.
Mablag‘ning kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizi – 2025-yil 1-martgacha va 100 foizi – 2025-yil 1-maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatga qadar to‘lanishi lozim.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, bu tartib moliyaviy mustaqillikka erishgan davlat universitetlari uchun maslahat xarakteriga ega