Oltita hududda istiqbolli uran konlari aniqlangan.
“Navoiuran” davlat kompaniyasi tomonidan bir qancha hududlarda olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida istiqbolli uran konlari aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytiladi.
Xususan, uran konlari quyidagilardan topilgan:
• Buxoro viloyati Shofirkon tumani;
• Jizzax viloyatining Forish tumani;
• Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchi tumanlari;
• Qashqadaryo viloyatining Muborak va Koson tumanlari;
• Toshkent viloyati, Angren shahri;
• Namangan viloyati Pap tumani.