Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarda Xalqaro taʼlimni xurujlardan himoya qilish kuniga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Qatarda Xalqaro ta’limni hujumlardan himoya qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
U o‘z nutqi davomida O‘zbekiston, ayniqsa, qizlar va ayollar uchun, jumladan, chegaradan tashqarida ham sifatli ta’lim olishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
– 2018-yilda Prezident tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar ta’limi markazi ochilib, bu yerda 700 ga yaqin Afg‘oniston fuqarolari o‘qishni tamomlagan bo‘lsa, ulardan 200 nafari qizlar va ayollardir. Bu Afg‘oniston ayollari uchun juda muhim, chunki mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida malakali tibbiyot kadrlari keskin yetishmaydi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Prezident yordamchisi O‘zbekiston insonparvarlik inqirozining oldini olish uchun afg‘on qizlari va ayollarini zarur kasblarga o‘qitishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi. Qatar hukumati va “Barchasidan ustun ta’lim” jamg‘armasi ham bu borada yordam berishga tayyor.
– Ayol uchun ta’lim olishdan erkinroq himoya yo‘q, – dedi Saida Mirziyoyeva.