Shavkat Mirziyoyev juma kuni Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston-24” telekanali xabar berdi.
Telekanal xabariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev qadimiy shaharning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida Buxoroga kelgan. Mirziyoyev va Nazarboyev Buxoroni aylanib chiqishdi. Ular asosiy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi, masjidlardan biriga borishdi va birgalikda namoz o'qishdi.