Prezident matbuot xizmati boʻlajak tadbir dasturini eʼlon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun 17-sentabr kuni Ostona shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit davomida mintaqa mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv ham rejalashtirilgan.