Toshkentda Telegram’da kriptovalyuta bilan savdo qilgan fuqaro 15 sutkaga hibsga olindi

Sud Farg‘onalik fuqaroni Telegram’dagi “Hamyon” orqali kriptovalyuta bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa oldi.

20-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar sohasidagi qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan 35 yoshli A.N.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Sud qarorining nusxasi UzNews.uz tahririyati ixtiyorida.
7-sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi.

Sud ma`lumotlariga ko'ra, A.N. Redmi 13C mobil qurilmasidan foydalanib, Telegram platformasi orqali kriptoaktivlar bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgan. Ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘ldi, pushaymonligini bildirdi va kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda qonunga rioya qilish zarurligi haqida bilmaganini aytdi.

Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga nisbatan 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Dalil sifatida olib qo‘yilgan mobil telefon qonun hujjatlariga muvofiq yo‘q qilinadi.
Bundan tashqari, sud tomonidan ayblanuvchilardan maxsus saqlash hibsxonasida saqlash uchun 765 ming so‘m undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.