Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro K.R. hali qirq kunlik ham bo‘lmagan yangi tug‘ilgan farzandini 10 million so‘mga sotishga qaror qilgan.
Viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R qo‘shnisi Z.S.ga bolani kelishilgan pulga sotib yuborgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.