Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida ko‘tarildi

Jamoa Xalqaro futbol federatsiyasi reytingida 60-o‘rinni egalladi.

Xalqaro futbol federatsiyasi FIFAning 19-sentabr kuni e’lon qilgan yangilangan reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bir pog‘ona ko‘tarilib, 210-o‘rin ichida 60-o‘rinni egalladi.

Reyting jadvalida Argentina, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.

Oxirgi o'rinlarni San-Marino, Anguilla va Britaniya Virjiniya orollari jamoalari egallagan.