2030 yildan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Bu O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish milliy dasturida nazarda tutilgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Toshkent shahriga tutash hududlarda joylashgan ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanadigan 1200 dan ortiq issiqxonada chang va gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi. Bunday uskunalarni o'rnatish uchun ularga subsidiyalar beriladi.
Bundan tashqari, dasturning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga 2028-yilga qadar kuchli chang bo‘ronlari hosil bo‘lish sur’atini 50 foizga qisqartirish ham kiradi. Bunga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va hududlarni obodonlashtirish orqali erishiladi.
2025-2030-yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 441 gektar maydonda “yashil belbog‘lar” va “yashil bog‘lar” tashkil etiladi.
2028 yildan boshlab Yevro-4 standartidan past yoqilg‘idan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.
Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Oʻzbekistonda havoni toza saqlash va antropogen omillarning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish boʻyicha ikkita dastur ishlab chiqilgan edi.