Oʻzbekiston va Qozogʻiston Sirdaryodagi 10 ta oʻlchash stansiyalarida suv hisoblagichlarini oʻrnatadi

Tomonlar o‘lchash stansiyalarini avtomatlashtirish va Sirdaryodagi suv hisobini raqamlashtirishni rejalashtirmoqda.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Sirdaryoda zamonaviy suv hisoblagichlarini oʻrnatish rejalashtirilgan 10 ta punkt boʻyicha kelishib oldi, deb xabar qildi Qozogʻiston suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, loyihani birgalikda amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari va kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarining kelasi yilgi sug‘orishdan oldingi mavsumi uchun ishlash rejimlarini ham muhokama qildilar.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining navbatdagi yigʻilishida suv omborlarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha prognoz jadvali tuziladi va suv taʼminoti hajmlari tasdiqlanadi.

Vazirlar Shavkat Hamraev va Nurjon Nurjigitov suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish masalasini ham muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida vazirlar uchrashuv bayonnomasini imzoladilar.