Prezident Shavkat Mirziyoyev Sevara Nazarxonga “Xalq artisti” unvonini berdi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini Prezidentimiz mukofotladi.

Prezident qarori bilan quyidagi shaxslarga ham xalq artisti unvoni berildi:

- Qo‘ziev Toir Asqarovich – sozanda, V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi.
- Nadirova Aygul Bazarbaevna – Nukus davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti.
- Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi solisti
- Umarov Valixon Mirvasilevich - Oʻzbekiston Davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori
- O‘rinboyev Kamolidin Turdimuratovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari.
- Nigina Haydarovna Amonqulova, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining “Daryo” ansambli solisti.