Prezident qarori: Sentabr pensiya va nafaqalari Mustaqillik bayramiga qadar to‘lanadi

Keksa fuqarolar, pensiya va nafaqa oluvchilar, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalar bank plastik kartochkalariga 1-sentabrgacha hisoblab chiqiladi.

Bunday qaror O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 1, 2 va 3-sentabr dam olish kunlari deb e’lon qilingani sababli qabul qilindi.

Pensionerlar va nafaqa oluvchilarga naqd pulda to‘lovlar 4-sentabrdan boshlab AT “Xalq bank”ning mobil kassalari orqali tasdiqlangan jadvallar asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari ularning miqdorini 15 foizga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.