BIZNING G'OLIBLARIMIZ! Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari va sovrindorlariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari sportchilarni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklab, ular katta jasorat va matonat ko‘rsatib, 8 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritganini ta’kidladi.

– Mamlakatimiz umumjamoa hisobida ishtirokchi davlatlar o‘rtasida 13-o‘rin, Osiyo qit’asida 4-o‘rin, Turkiy, islom davlatlari va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston tarixida misli ko‘rilmagan bu natijalar barchamizni behad quvontirdi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda Prezidentimiz sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. Shu kunlarda Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarga kuch-quvvat, omad tiladim.

Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining 23 avgustdagi qaroriga muvofiq Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylarga faxriy unvon va mukofotlar topshirildi.

Tadbirda mazkur yuksak mukofotlarning tantanali topshirilishi bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqan sportchilar va murabbiylar, ota-onalar ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.