Behzod Yo‘ldoshev so‘nggi 7 yil davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasini boshqargan.
28 avgust kuni 79 yoshida dunyoga mashhur, yuqori energiya fizikasi sohasida tan olingan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yo‘ldoshev vafot etdi.
1968 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning fizika fakultetini yadro fizikasi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1971 yilda Dubnadagi (RF) Yadro tadqiqotlari birlashgan institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1981 yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini oldi. 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 ta ixtiro muallifi. 9 nafar fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan.
2017-yildan beri Behzod Yo‘ldoshev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.