Raqobat qo‘mitasi tomonidan yil boshidan buyon 473 ta dorixonada dori vositalarini sotishda narxlarning oshirib yuborilganligi aniqlangan. Narxlar oshirilgani sababli dorixonalarga 5,4 mlrd.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Fair Tech” qo‘mitasining yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlarni tekshirish jarayonida 133 ta ulgurji va 340 ta chakana savdo shoxobchasi tomonidan 49,4 mingta qoidabuzarlik aniqlangan. Asossiz daromadlar miqdori 5,4 milliard so‘mni tashkil etdi.
Dori vositalarini oshirilgan narxlarda sotuvchi dorixonalarning aksariyati Toshkent shahrida aniqlandi. U yerda 71 ta muassasada 1,9 milliard so‘mlik 17,2 ming dona narxlar oshirilgan cheklar rasmiylashtirildi. Ikkinchi o‘rinni 1 milliard 100 million so‘m bilan Namangan viloyati egallab, 44 ta dorixonada qoidabuzarliklar aniqlangan. Kuchli uchlikni Surxondaryo yakunlab turibdi, bunda 7 ta muassasa narxlarning oshirilgani tufayli 914 million so‘m olgan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, dori vositalarini oshirilgan narxlarda sotishga ruxsat bergan dorixonalar ro‘yxati uning rasmiy sahifalarida e’lon qilingan. Dorixona egalariga nisbatan tegishli javobgarlik choralari ko‘rilmoqda.