Baxtiyor Ibrohimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi etib tayinlandi

Bu lavozimda u 2018 yildan 2024 yilgacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Saidikram Niyozxo'jaev o'rnini egalladi.

Yangi elchi Baxtiyor Ibrohimov 1-sentabr kuni Ostonaga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ibrohimov 2019–2022-yillarda BAAdagi elchi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori, O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.