Mukofotni olayotgan Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlariga berilgan bunday yuksak baho O‘zbekiston va Turkmanistonning yanada yaqinlashishiga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.
Mirziyoyev Oʻzbekiston va Turkmanistonni koʻp asrlik tarixiy va madaniy anʼanalar bogʻlab turishini alohida taʼkidladi. Ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlik yildan-yilga Markaziy Osiyo xalqlari farovonligi yoʻlida mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.