Taniqli yapon aktyori O‘zbekistonda turizmni targ‘ib qiladi

Yapon kumiri bir nechta film va teleseriallarda bosh rollarni ijro etgan. U, shuningdek, mashhur "Asada! Namadesu tabi sarada" sayyohlik ko'rsatuvining asosiy boshlovchilaridan biri va Butunjahon merosi akademiyasi o'qituvchisi. U O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan besh qismdan iborat dastur tayyorladi.

Keisuke Minami Yaponiya jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va sayyohlik brendini targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, dasturlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etishga ko‘maklashadi.

Qayd etish joizki, turizm elchilari etib xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniyat, sport, ishbilarmon doiralarining taniqli vakillari tayinlanadi. Ularning ismlari va fotosuratlari reklama aktsiyalarida qo'llaniladi.