21-oktabr kuni nishonlanadigan o‘zbek tili kuni arafasida “O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rganish” darsligi tayyorlandi. Yaqin kunlarda kitob nashr etilib, Misr kutubxonalari va Qohira universiteti talabalari o‘rtasida tarqatiladi, deb xabar beradi “Dunyo”.
Qayd etilishicha, o‘zbek tilini xorijda ommalashtirishdagi muammolardan biri zamonaviy talablarga javob beradigan grammatika qo‘llanmalarining yo‘qligidir. Bungacha o‘zbek tili darsliklari asosan rus tilida bo‘lgan, ochiq manbalarda ingliz tilidagi darsliklarni topish deyarli imkonsiz edi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun mutaxassislar xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqib, ushbu kursni tayyorladilar.