Yil boshidan buyon O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan qariyb bir tonna narkotik moddalar musodara qilindi, o‘n minglab tadbirkorlarga 38 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berildi.
Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasida bojxona organlarining joriy yilning to‘qqiz oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Shu davrda bojxona organlari tomonidan 400 mingdan ortiq psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 59 milliard soʻmlik tamaki mahsulotlari, shuningdek, 34 dona qurol-yarogʻ va mingdan ortiq oʻq-dorilar olib qoʻyildi.
Shuningdek, 757 milliard soʻmlik tovarlarning noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyilib, 5 trillion soʻmlik bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini kechiktirish taʼminlandi.