Ayni paytda Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxonasidan topilgan Qur’on qo‘lyozmasi ustida restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida ma’lum bo‘ldi.
Bu Qurʼon 1318-yilda Oltin Oʻrda xoni – Oʻzbekxon sharafiga tilla varaqlarga qayta yozilgan boʻlib, moʻgʻullar davridan omon qolgan Qurʼonning asosiy mushafi hisoblanadi. Turk professori Emek Ushenmezning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lyozma 1475-yil Qrim yurishidan so‘ng Usmonlilar hukmdori Fotih Sulton Mehmet tomonidan kubok sifatida Istanbulga olib kelingan.
“Bu moʻgʻullar davrida yozilgan va “oʻzbek” nomini oʻz ichiga olgan toʻliq qayta yozilgan birinchi Qurʼondir. Oʻzbekxon Qurʼonining barcha jildlari oltin bilan bezatilgan boʻlib, Oltin Oʻrdada zarhal qogʻozga muhaqqaq uslubida koʻchirilgan. E’tiborlisi, uning deyarli barcha sahifalari bizgacha to‘liq yetib kelgan. O'sha davrning xattotlari yuqori malakali hunarmandlar bo'lib, ularning ishlari ko'pincha nafis va aniq edi. O‘zbekxon Qur’oni murakkab bezak elementlari, geometrik va gul naqshlari aks ettirilgan. Bu qo'lyozmaning vizual jozibasini oshiradi va o'sha paytda keng tarqalgan badiiy uslublarni namoyish etadi. Aynan o‘z davrining ilg‘or texnologiyalari va ilg‘or usullari ushbu mushafning bugungi kundagi o‘ziga xosligini ta’minlamoqda”, — dedi professor Emek Ushenmez.