Markaziy bank xabariga ko‘ra, firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bank ramzi tushirilgan qalbaki hujjatlarni jo‘natib, mobil qurilmalariga zararli dasturlarni o‘rnatishga urinmoqda.
Soxta hujjatlarda "moliyaviy xavfsizlik bo'yicha mutaxassis" fuqarolarning mablag'lari saqlanishini ta'minlash uchun muayyan harakatlar qilishi haqida yolg'on ma'lumotlar mavjud.
Shunday qilib, firibgar “mutaxassis” niqobi ostida yashirin ravishda zararli dasturni (xususan, “Xavfsizlik” deb nomlangan) o‘rnatadi va fuqaroning mobil qurilmasidagi tasvirlar, hujjatlar, SMS xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
“Agar siz ham xuddi shunday vaziyatga duch kelsangiz, firibgarlarning hiylalariga berilmang. Ilovalarni faqat Google Play va App Store rasmiy onlayn-do'konlaridan o'rnating."