Toshkent shahrida quruvchilarning aybi bilan 500 dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan

Yakkasaroy tumanida qurilish tashkiloti tomonidan elektr tarmoqlariga shikast yetkazilishi natijasida yuzaga kelgan avariya bartaraf etilmoqda.

Oqibatda Boshliq massivi va Bobur to‘lqinining 530 nafar iste’molchisi elektr energiyasiz qoldi. Ayni paytda elektr tarmoqlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.