Chernogoriyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanib, O‘zbekiston terma jamoasi 13 medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 9 ta sovrin bilan birinchi o‘rinni egalladi, qizlar 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Budva (Chernogoriya) shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari 13 ta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
22-oktabrdan 3-noyabrgacha bo‘lib o‘tgan musobaqada 73 davlatdan 593 nafar bokschi, jumladan, 180 nafar qiz va 413 nafar o‘g‘il ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 5 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar terma jamoasi 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnir g'oliblari va sovrindorlari:
"Oltin"
Saifiddin Sobirov - 48 kg;
Samandar Olimov - 57 kg;
Abdulaziz Jo'raqulov - 63,5 kg;
Akmaljon Isroilov - 86 kg;
Xalimjon Mamasoliev - 92 kg.
"Kumush"
Jafarbek Shaxbozov - 75 kg;
Shaxzod Polvonov - +92 kg;
Jasmin Tohirova - 48 kg;
Ruxshona Parpieva - 81 kg;
Sobiraxon Shaxobiddinova - +81 kg
"bronza"
Sobirjon Tastanov - 54 kg;
Muhammad Azizbek Ismoilov - 71 kg;
Oisha Toirova - 70 kg.