O‘zbekistonda yettita tijorat banki jazolandi Ba'zi muassasalar xavfsizlik kamchiliklari haqida ogohlantirgan.

Tekshiruv va tahlillar davomida aniqlangan qonunbuzarliklar uchun yettita bank va ikkita mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi. Markaziy bank 2 ta toʻlov tashkiloti va 2 ta toʻlov tizimi operatorini tashkiliy-huquqiy shakl va ustav kapitaliga qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganligi toʻgʻrisida ogohlantirdi. Yana 4 ta bank axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashdagi kamchiliklar uchun ogohlantirish oldi.