O‘zbekiston va Togo o‘rtasida qo‘shma kommyunike imzolandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Togo tashqi ishlar vaziri Robert Dusset bilan birgalikda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma komyunikeni imzoladi.
– Shubhasiz, bizda Afrika qit’asi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjud, – dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
G‘arbiy Afrikada joylashgan Togo Respublikasi (Togo) O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 155-davlat bo‘ldi.