O‘zbekiston va Liberiya o‘rtasida qo‘shma kommyunike imzolandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberiya tashqi ishlar vaziri Sara Beysolov Nyanti bilan birgalikda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma komyunikeni imzoladi.
Tomonlar ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari kelgusidagi hamkorlikning dastlabki kun tartibini muvofiqlashtirish va ishlab chiqishga kelishib oldilar.
G‘arbiy Afrikada joylashgan Liberiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 154-davlat bo‘ldi.