Bugun Toshkentda WCCE 2024 ijodiy iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi

Anjumanning ochilishida Bosh vazir Abdulla Aripov, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, supermodel Naomi Kempbell va boshqalar ishtirok etdi.

Poytaxtimizda “Inklyuziv ijod – o‘zgargan voqelik” mavzusidagi IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasi boshlandi. Ochilishda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Konferensiya 80 dan ortiq davlatdan 2000 nafar vakilni jamladi, bunda ijodiy iqtisodiyot kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi.

2018-yilda Indoneziyada tashkil etilgan Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasi ijodkorlar, tadbirkorlar va yetakchilar muloqot yaratish, muammolarni hal qilish va katta imkoniyatlarni ochish uchun birlashadigan yetakchi global platforma hisoblanadi.
Tadbir xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning rolini ta’kidlash va e’tiborni resurslarga asoslangan iqtisodiyotdan bilim iqtisodiyotiga o‘tkazishga qaratilgan.