29-sentabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruandada Marburg gemorragik isitmasi holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.
28-sentabr holatiga ko‘ra, Ruandaning 30 ta tumanidan yettitasida 26 ta tasdiqlangan holat, shu jumladan oltita o‘lim holati qayd etilgan.
JSST epidemiologik vaziyatni milliy darajada juda jiddiy, mintaqaviy darajada yuqori va global darajada past deb baholaydi.
Virus tarqalishining oldini olish va ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham chegara punktlarida nazorat kuchaytirildi.
Marburg isitmasi oldini olish bo'yicha tavsiyalar:
Gemorragik isitmaga shubha qilingan bemorlarni tezda aniqlang va ularni izolyatsiya qiling.
Tibbiyot xodimlari infektsiyani oldini olish uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda standart ehtiyot choralariga rioya qilishlari kerak.
Bemorlarning qon, sekretsiya yoki tana suyuqliklari, shuningdek ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilishdan saqlaning.
Kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.
Xavfsiz in'ektsiya usullaridan foydalaning va qayta ishlatiladigan tibbiy asboblar dezinfektsiyalanganligiga ishonch hosil qiling.
Xabardorlikni oshirish uchun infektsiya haqida jamoatchilikni xabardor qilish tadbirlarini o'tkazish.
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ayni damda mamlakatimiz aholisi uchun jiddiy tashvishga sabab yoʻq.