Demixovskiy mashinasozlik zavodi O‘zbekistonga yangi elektropoyezd olib keldi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi Zufar Narzullayev.
Unga ko‘ra, ushbu elektropoyezd Toshkentdan shahar atrofidagi yo‘nalishlarda qo‘llaniladi.
Elektropoyezd “Transmashxolding” kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi Transtelesoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi zamonaviy “BORT” lokomotiv harakati xavfsizligi tizimi bilan jihozlangan.
BORT tizimi magistral va sanoat temir yo'l transportida avariyalar va relsdan chiqib ketishlarning oldini olish, shuningdek, tashish samaradorligini oshirish uchun mo'ljallangan.
Transtelesoft xodimi Dmitriy Volkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, elektropoyezd saloni kompleks lokomotiv xavfsizlik moslamasi, LCD displey va sensorli boshqaruv elementlari bilan jihozlangan.