Toshkentda 16 yoshli o‘smir sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi.

Bosh prokuratura voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

28 noyabr kuni soat taxminan 19:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 16 yoshli yigit o‘z do‘stlari bilan sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosiga ruxsatsiz chiqib ketishgan.

Qayd etilishicha, 16 yoshli yigit 21-qavatdan tushayotganda uchinchi qavatga qulagan. Yigit voqea joyida vafot etgan.
O‘smirning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.