Bugun, 7 avgust kuni Yozgi Olimpiya o‘yinlarining 12-kuni doirasida O‘zbekiston sportchilari 3 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etishadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan (-77kg) va Rustam Assakalov (-97kg) kurash bo‘yicha bahslarni davom ettirmoqda.
Yekaterina Shubina va Shahriyor Makxamov baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha chiqish qiladi.
Yarim final jangida bokschimiz Bahodir Jalolov ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun Parijda bo'lib o'tayotgan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sportchilari 3 ta sport turi bo'yicha chiqish qiladi.